Makron fransuzlarni shaxsan tinchlantirish harakatida
Fransiya jamiyatida keskin qarshiliklarga sabab bo‘lgan pensiya islohoti tanqid qilinar ekan, prezident Emmanuel Makron xalqni tinchlantirish va hukumat dasturida oldinga siljish umidida mamlakat qishloq joylarini aylandi.
Makron pensiya islohotiga qarshi norozilik namoyishlari haqidagi savolga javob berar ekan, “Fransiyaning oldinga siljishiga imkonini "shovqinlar" bermaydi”, degan.
Bir-necha kun avval Makron siyosiy va ijtimoiy inqiroz muhitida xalqqa murojaatida jamiyatdagi keskinlikni bartaraf etish uchun katta mehnat islohotini o‘tkazishga va’da bergan, ko‘chalarda davlat rahbari ma’ruzasini ko‘pchilik qozon-tovoq "taqa-tuq"i ostida kutib olgan edi. Bu harakatlar safar chog‘ida ham davom etgan.
"G‘azab bo‘lishi aniq, men boshqa hech narsani kutmagandim. Lekin bu mening mamlakat bo‘ylab gastrol safarini davom ettirishimga to‘sqinlik qilmaydi, chunki biz harakat qilishimiz va oldinga intilishimiz kerak".
Fransiya hukumati davomli ko‘cha namoyishlari fonida o‘tgan juma kuni yangi qonun bilan pensiya yoshini 62 dan 64 ga ko‘tardi.