Kostryulkalar "musiqasi" ostida: Fransiya Prezidenti yana bir islohotni e’lon qildi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron siyosiy va ijtimoiy inqiroz muhitida xalqqa murojaatida uning pensiya islohoti yetarli darajada qo‘llab-quvvatlamaganini tan oldi, lekin u shu yilning kuzida kuchga kirishini aytdi.

Jamiyatdagi keskinlikni bartaraf etish uchun Makron katta mehnat islohotini o‘tkazishga va’da berdi. Davlat rahbari ma’ruzasini ko‘chalarda ko‘pchilik kostryulkalar gumbur-gumburi bilan kutib oldi.

"Ishdagi hayot uchun ushbu yangi shartnoma kelgusi haftalar va oylarda ijtimoiy muloqot va milliy darajadagi juda aniq kelishuvlar orqali, shuningdek kasaba uyushmalari va ish beruvchilar tashkilotlari tomonidan mahalliy darajada tuziladi. Boshqacha aytganda, aynan qayta sanoatlashtirish orqali kuchimizni tiklaymiz va yuqori maoshli ish o‘rinlarini yaratamiz”, dedi Fransiya Prezidenti murojaatida.

"Men savdolashib, agar pomidor istamasangiz, sizga bodring beraman, demayman. Gap ikki yillik hayotingiz haqida ketmoqda!", - dedi mamlakatdagi ikkinchi yirik kasaba uyushmasi, Umumiy mehnat konfederatsiyasi rahbari Sofi Binet. U Makron bilan pensiyadan boshqa narsa haqida gaplashmoqchi emasligini aytdi.

Prezident esa mamlakatni sog‘lomlashtirish uchun 14 iyulgacha o‘ziga "100 kun" berishini aytdi. Uning ta’kidlashicha, bosh vazir Elizabet Born kelasi hafta batafsil hukumatning yo‘l xaritasini bayon qiladi.