Maktab direktorini tayinlash “Direktorlar kengashi" tavsiyasi bilan ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi
- 23.05.2023 16:48
- 408
- Ta’lim
2023 yil 1 sentyabrdan boshlab:
➖Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlariga o‘z o‘rinbosarlarini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish, ajratilgan umumiy soatlar doirasida o‘quv rejalariga 15 foizgacha o‘zgartirish kiritish masalalarini mustaqil hal qilish huquqi beriladi;
➖Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida eng tajribali umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlaridan iborat bo‘lgan “Direktorlar kengashi” tashkil etiladi;
➖umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarini lavozimiga tayinlash “Direktorlar kengashi” tavsiyasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari tomonidan ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandning jajji yulduzi
- Bugun, 11:06
- Jamiyat