Urgut tumanidagi 126-maktab direktori nega lavozimidan ozod etildi?
Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i va boshqarma mutaxassislari maktablarda ta’lim sifatini oshirish, "qizil” toifadagi maktablardagi mavjud muammolarni o‘rganib, ularga ijobiy yechim topish va zarur tavsiyalar berish maqsadida Urgut tumanida bo‘ldi.
Tumandagi qator ta’lim muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishish chog‘ida maktab direktorlari, o‘rinbosarlar va o‘qituvchilarga ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarga dars o‘tishda interfaol usullar, ko‘rgazmali qurollar va ilg‘or tajribalardan keng foydalanish tavsiya etildi.
Tumandagi "qizil" toifaga kiritilgan 126-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lishganida ushbu ta’lim dargohida ta’lim sifatini yaxshilashga, o‘quvchilarni oliy ma’lumotli bo‘lish va oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishga qiziqishini oshirishga sovuqqonlik bilan yondashilgani ma’lum bo‘ldi. Masalan, birgina o‘tgan o‘quv yilida maktabni bitirgan 61 nafar o‘quvchidan birortasi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirmagan. Shu bois 6 yildan buyon direktorlik qilib kelayotgan T.Nazarov o‘z lavozimidan ozod etildi.
Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.