Maktab o‘quvchilari uchun armrestling bo‘yicha sport mashg‘ulotlari tashkil etiladi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining sport klubi qoshida maktab o‘quvchilarini armrestling sport turi bo‘yicha iste’dodlarini yuzaga chiqarish, ular orasidan sport sohasida alohida iqtidor egalarini saralab olish maqsadida haftada 2 marta mashg‘ulotlar tashkil etilgan.

Ushbu mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun Samarqand shahridagi barcha maktab o‘quvchilarini taklif etamiz. Mashg‘ulotlarni yuqori malakali sport murabbiylari olib borishadi.

Imkoniyatni boy bermang!

Mashg‘ulotlar bepul amalga oshiriladi!

Mashg‘ulotlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan maktab o‘quvchilari +99890224-02-22 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari va mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin!

Reklama