Maktab ta’limini tubdan yaxshilash asosiy maqsadimiz

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oliy Majlisga vaxalqimizga qilgan Murojaatnomasida ilgari surilgan maktab ta’limini tubdan yaxshilash va uning sifatini oshirish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Bu borada Murojaatnomada maktab ta’limini tubdan yaxshilash va uning sifatini oshirish, muallimlarga munosib sharoit yaratish borasidagi islohotlar jadal davom ettirilishi, kelgusi yili 70 ta yangi maktab qurish, qo‘shimcha binolar bunyod etish, shu bilan maktabni ta’mirlash va moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida  ishlarni amalga oshirishni ta’kidlab o‘tdilar.

Ta’lim sifatini baholash tizimini yaratish, pedagog va rahbarlarning uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini yaratish, ta’lim dasturlari va darsliklarni takomillashtirish kabi islohotlar ushbu yo‘nalishda katta siljishlar va yutuqlarga olib kelishi tabiiy. Loyihada Oliy ta’lim muassasalari bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni izchil yo‘lga qo‘yish orqali pedagog kadrlar tajribasi, salohiyatini oshirish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida bosqichma-bosqich yoshlarning axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan «IT-Nation» loyihasini amalga oshirish, o‘quvchilarda fundamental bilimlarni amaliy tajribalar asosida mustahkamlashga, ularni ilmiy ijodkorlik va mustaqil tadqiqotlarga yo‘naltirishga qaratilgan STEAM laboratoriya markazlarini tashkil etish, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining xalqaro baholash tadqiqotlariga (PISA, PIRLS, TIMSS) tayyorlash ishlarini yanada kuchaytirish vazifalari belgilangan. Ushbu vazifa va topshiriqlar ijrolarini amalga oshirishda nafaqat yuqori tashkilot vakillari, balki rahbar va pedagog xodimlarning, ota-ona va mahallalarning o‘rni beqiyos.

2023 yil biz, ta’lim xodimlari zimmasida ulkan mas’uliyatli vazifalar yili bo‘ladi. Prezidentimizning ushbu murojaatidan biz pedagoglar ruhlandik, kuch oldik.
Kelajagimiz bo‘lgan yoshlar tarbiyasiga, ta’lim olishiga va ularning ma’naviy yetuk inson bo‘lib shakllanishida bor kuchimiz va bilimimizni ayamaymiz.

Ozoda Daminova,
Samarqand shahar 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori.