"Maktabda shaxmat" loyihasi: 105 maktab shaxmatga ixtisoslashtiriladi

‼️ Bu haqda Prezidentimizning 2021 yil 14 yanvardagi "Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta’minlash, maktablarda o‘quvchilar o‘rtasida shaxmatni keng targ‘ib qilish va o‘rgatishga bag‘ishlangan davra suhbatida Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi  boshlig‘i, viloyat shaxmat federatsiyasi raisi Z.Shodiyeva aytib o‘tdi.

Тадбир

♟ Viloyat shaxmat federatsiyasi, viloyatdagi shaxmat, jismoniy tarbiya va sport uyushmalari rahbar-xodimlari ishtirok etgan muloqotda "Maktabda shaxmat" loyihasi va mazkur loyihani tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi.

⏱ "Maktabda shaxmat" loyihasi doirasida umumta’lim muassasalarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini shaxmatga o‘qitish, qamrovni yildan-yilga oshirish ko‘zda tutilgan. Shu maqsadda viloyatdagi 105 ta maktabni shaxmatga ixtisoslashtirish, maktablar o‘rtasida turnirlar o‘tkazilib, eng sara shaxmatchilarni tayyorlashga e’tibor qaratiladi.

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.