Mamlakatimizda onkologik yordam ko‘rsatish tizimi tubdan takomillashdi

– Prezidentimizning 2017 yil 4 apreldagi qaroridan so‘ng mamlakatimizda aholiga onkologik yordam ko‘rsatish tizimi tubdan takomillashdi, – deydi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali rahbari M.Jo‘rayev. –  Samarqandda ilk bor qizilo‘ngach saratoni bo‘yicha murakkab jarrohlik amaliyoti, me’da saratoni bo‘yicha kengaytirilgan gastrektomiya va bir vaqtning o‘zida sun’iy oshqozon yasash amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, o‘pka saratoni, ko‘ks oralig‘i o‘smalari bo‘yicha yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari bajarildi. 10 dan ortiq xodimlarimiz Hindiston, Turkiya, Rossiya davlatlaridagi tibbiy muassasalarda malaka oshirib qaytdi. Ayni paytda rossiyalik hamkasblar yosh mutaxassislarimiz uchun mahorat saboqlari o‘tib, o‘zaro tajriba almashmoqda. Birgalikda bemorlar ko‘rikdan o‘tkazilib, xulosalar berilmoqda.

O‘z muxbirimiz.