Mamlakatimizga Qozog‘istondan o‘tkir virusli pnevmoniya kasalligi kirib kelgani rostmi?
➖ Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘iston hududidan o‘tkir virusli pnevmoniya kasalligi kirib kelganligi va o‘lganlarning ham asosiy qismi aynan shu kasallik bilan og‘riganlari to‘g‘risida xabarlar yuribdi. Bu gaplar qanchalik haqiqatga yaqin?
Ushbu savolga Sanitariya-epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov javob berdi:
➖ Rasmiy xabarlarga ko‘ra, iyun oyidan boshlab Qozog‘istonda yangi turdagi noma’lum pnevmoniya avj olgani va o‘lim holatlari aynan shu pnevmoniya sababli ortgan.
Shuning uchun Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bir guruh ekspertlari pnevmoniyaga chalingan bemorlar soni keskin oshishi sabablarini o‘rganish uchun Qozog‘istonga kelishi ko‘zda tutilgan.
Ehtimol, koronavirusga chalingan bemorlar kechikib yordam so‘ragan va ularda pnevmoniya alomatlari bordir. Ammo Qozog‘istonda pnevmoniya chaqiruvchi yangi o‘tkir virus aniqlanganligi ilmiy laboratoriyalar tadqiqotlari asosida tasdiqlanmagan.