Mamlakatning 30 ta eng yirik shaharlari bo‘yicha havo sifati ma’lumotlari endi onlayn rejimida mavjud

Uzum milliy raqamli ekotizimi "Havodek zarur" loyihasining birinchi bosqichini yakunladi: IQAir havo sifati monitoringi uzatkichlari mamlakatning 30 ta yirik shaharlaridagi Uzum Market topshirish punktlarida o‘rnatildi.

Uzatkichlar Nukus, Andijon, Asaka, Xonobod, Buxoro, Kogon, Jizzax, Qarshi, Shahrisabz, Zarafshon, Navoiy, Namangan, Samarqand, Termiz, Guliston, Olmaliq, Angren, G‘azalkent, Pskent, Chirchiq, Yangiyo‘l, Qo‘qon, Farg‘ona, Urganch, Xiva, Toshkent shaharlarida o‘rnatilgan. Kelgusida Uzum uzatkichlar sonini ko‘paytirish va o‘rnatish geografiyasini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Har bir uzatkich tomonidan to‘plangan ma’lumotlar real vaqt rejimida IQAirir saytida mavjud.

— Butun mamlakat bo‘ylab infratuzilmani rivojlantirish orqali biz millionlab insonlarning maishiy muammolarini hal qilish va o‘z biznesini rivojlantirishda yordam bermoqdamiz. Eng, muhimi, biz xayriya loyihalari, ekologik tashabbuslarni amalga oshirish uchun platforma yaratmoqdamiz, mamlakat kelajagiga o‘z hissamizni qo‘shmoqdamiz. Jamoa bilan birgalikda butun mamlakat bo‘ylab daraxtlar ekdik, paketlarimizni qayta ishlashni yo‘lga qo‘ydik va 40 ming tonnadan ortiq plastmassani utilizatsiya qilish uchun topshirdik. Va, albatta, eng muhimi — atrof-muhit musaffoligini saqlash uchun infratuzilma va resurslarimizni berishga tayyormiz, — deydi Uzum Market bosh direktori Ilshat Xametov.

Bahorda mamlakat bo‘ylab Uzum milliy raqamli ekotizimi xodimlari hasharga chiqib, mamlakatning 20 ta shahrida daraxtlar ekishdi. Daraxtlarning koordinatalari Ekologiya vazirligiga ma’lumotlarni "Yashil Makon" umummilliy platformasiga kiritish uchun topshirildi — shunday qilib daraxtlarning holatini nafaqat Uzum xodimlari, balki munitsipal xizmatlar ham kuzatib borishi mumkin.

Avvalroq Uzum milliy raqamli ekotizimi va O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati havo sifati monitoringi sohasida loyihalarni birgalikda amalga oshirishga kelishib olgan edi.

Reklama huquqi asosida