Maqsadimiz - har bir oilaga sog‘lik va farovonlik olib kirish
#Reklama
O‘n uch yildirki, Malayziyaning xalqaro “Gano Excel” korporatsiyasi bilan O‘zbekistonning “Gano Shifo”mas’uliyati cheklangan jamiyati yaqin hamkorlik qilib kelmoqda.
Korporatsiya o‘zining brend mahsuloti bo‘lgan, inson hujayrasi ozuqasi hisoblangan mikronutrentlari orqali ko‘plab o‘zbekistonliklarni, xususan, samarqandliklarning sog‘lom va farovon yashashiga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
2009 yilda “Gano Shifo” MChJ Toshkent shahrida o‘z ishini boshlagan bo‘lsa, bugunga kelib, Samarqandda ham alohida yangi ofislarni ishga tushirmoqda. Viloyat bo‘yicha 60 dan ziyod yakka tartibdagi tadbirkorlar inson salomatligi uchun bir oila bo‘lib ishlamoqda.
Ana shunday yangi ofisdan biri Samarqand shahrining Ibn Sino ko‘chasi, 4-A uyda (mo‘ljal bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi) o‘z faoliyatini boshladi. Binoda 20 dan ortiq yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda 2 ta Gano-smart do‘kon uchun zarur shart-sharoit yaratilgan. Ularga 2016 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan oilaviy tadbirkorlar Abdug‘ofir Tirkashev va Mahliyo Qodirova, Shokir Hasanov va Rayhon Ibragimova, yakka tartibdagi tadbirkorlar Jasur Umurzoqov, Zebo Ibragimova "Ustoz-shogird" an’analari asosida inson salomatligi sirlarini o‘rgatadi.
Binoning ochilish marosimida “Gano Shifo” bosh direktori Laziza Akbarova ishtirok etib, markaz samarqandliklarning salomatligi tiklanishi, oilaviy farovonligi yaxshilanishiga xizmat qilishini ta’kidladi.
Shuningdek, tadbirda “Gano Excel-O‘zbekiston” O‘zbekiston-Malayziya qo‘shma korxonasi qadoqlash zavodi direktori Gazanfar Nizomiddinov, zavodning sifat bo‘yicha direktor o‘rinbosari Fu Sin Kong hamda respublikaning boshqa viloyatlaridan kelgan yuzlab yakka tartibdagi tadbirkorlar qatnashib, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi va tajriba almashishdi. Viloyatimizning barcha tumanlaridan kelgan iste’molchilar ham mazkur tadbir mehmoni bo‘ldi.
Tadbirda so‘z olgan 1-darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni sohibi Rajab Hasanov o‘zining iliq fikrlarini bildirar ekan, tashkilotning kelgusi rivoji uchun qo‘llarini duoga ochdi. Bino ochilishi ro‘za oyining boshlanishiga to‘g‘ri kelganida ham katta hikmat bor, deya barchaga omonlik tiladi. Barcha mehmonlarga iftorlik dasturxoni yozildi. Tashkil etilgan konsert dasturi ham yig‘ilganlarga o‘zgacha ruh berdi.
Kunning ikkinchi yarmida Samarqand shahridagi Konsert zalida “Salomatlik va farovonlik – mening burchim, vazifam va majburiyatim!” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda soha mutaxassislari tomonidan tadbirga taklif etilganlarga shifobaxsh "Ganoderma" mahsulotlarining ta’siri haqida ma’lumot berildi. Tadbir davomida “Gano IRT” – salomatlik muvozanati – tabiatning uyg‘unlik sovg‘asi”, “Yo‘qotilgan sog‘liqni qanday tiklash va saqlash mumkin?”, “Nima qilsam, virus qochadi?”, “Kasal bo‘lganimizda tanamizda nimalar ro‘y beradi?”, “Farzandlarimiz va nabiralarimiz sog‘lom o‘sishi uchun namalar qilishimiz zarur?”, “Hayot farovonlashishiga qaramay, viruslar, turli kasalliklar ko‘paymoqda!”, “Salomatlik va farovonlik kimga va nimaga bog‘liq?” kabi mavzularda chiqish qilindi.
“Gano IRT MEDICUS” klinikasi bosh shifokori D.Mahmudova, otoloringolog, valeolog, nutritsolog, ganoterapevt B.Rasulova, oliy toifali biolog, nutritsolog, valeolog D.Maxmurova, terapevt, valeolog, nutritsolog, ganoterapevt V.To‘ychiyeva, valeolog D.Ashurov, A.Rahmatov, R.Mahmatqulovlar aynan bu mahsulotlar inson organizmini tozalashi, hujayralarni qayta tiklashi, to‘ldirishini amalda slaydlar va shifo topgan insonlar orqali ko‘rsatib berdilar. Samarqandda bu mahsulotlardan foyda ko‘rayotgan iste’molchilar kun sayin ortib borayotgani ham alohida ta’kidlandi.
Tadbirdan so‘ng Past Darg‘om tumani "Kamolot" mahallasidagi Abdulla Avloniy ko‘chasida yana bir yangi ofisning ochilish tadbiri o‘tkazildi.
Unda ham “Gano Shifo” tashkilotining rahbarlari va ustozlar ishtirok etib, yangi binodagi sharoit bilan tanishdi. Bu binoda 5 nafar yakka tartibdagi tadbirkor ish olib borishi aytildi.
Husan Eltoyev tayyorladi.
Xizmatlar litsenziyalangan.