Markaziy bank transchegaraviy pul o‘tkazmalari yuzasidan axborot berdi
- 02.03.2022 10:47
- 204
- Iqtisodiyot
Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi transchegaraviy pul o‘tkazmalari faoliyati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagilarni ma’lum qiladi.
Bugungi kunda mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda ayrim xalqaro pul o‘tkazmalari operatorlari faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar yoki to‘xtalishlar kuzatilmoqda.
Qayd etish lozimki, Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarini amalga oshiruvchi ko‘plab tizimlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ba’zi tizimlarda uzilishlar vujudga kelganda ularning boshqa muqobilidan foydalanish imkoniyati mavjud.
Xalqaro pul o‘tkazmalarining aholi uchun dolzarbligidan kelib chiqib, tijorat banklari tomonidan mamlakatimiz hududida ularning uzluksiz faoliyati uchun zarur choralar ko‘rib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!