Markaziy Osiyodagi davlatlarning barchasi bilan chegaradosh bo‘lgan mintaqadagi yagona mamlakat - O‘zbekiston

* O‘zbekiston – Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari bilan chegaradosh bo‘lgan mintaqadagi yagona mamlakat. Unga qo‘shni davlatlarning barchasi “ston” bilan yakunlanadi - Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston, Turkmaniston.

* Yer yuzida o‘zidan tashqari, qo‘shnilari ham dunyo okeaniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqilmaydigan ikkita mamlakat bo‘lsa, ular - O‘zbekiston va Lixtenshteyndir.

* Toshkentda Markaziy Osiyodagi birinchi metropoliten joylashgan. U 1977 yilda qurib bitkazilgan. Ushbu metropoliten o‘zining jozibasi va tozaligi bilan olamga mashhur.

Фото: https://ru.wikipedia.org

Undagi bekatlar oltin, chinni, marmar va shisha bilan bezatilgan.

* O‘zbekiston oltin zaxirasi bo‘yicha dunyoda 4-o‘rinda, oltin qazib olish bo‘yicha MDH davlatlari ichida 2-o‘rinda turadi. Uran zaxirasi bo‘yicha dunyoda 7-o‘rinni, uran eksporti bo‘yicha 3-o‘rinni egallaydi. Mis zaxirasi va qazib olishda O‘zbekiston dunyoning 10 mamlakati safida. Paxta yetishtirishda beshtalikda, paxta tolasi eksporti bo‘yicha 3-o‘rinda.

* Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti Markaziy Osiyodagi eng yirik aeroport hisoblanadi.

Фото: https://s3.amazonaws.com

* Aholi soni bo‘yicha O‘zbekiston Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni, MDH davlatlari ichida Rossiya va Ukrainadan keyingi o‘rinni band etgan. Aholisi 33 milliondan oshgan O‘zbekiston aholi soni jihatidan turkiy halqlar orasida Turkiya va Ozarbayjondan keyin 3-o‘rinda turadi.

* 375 metr balandlikka ega Toshkent teleminorasi Markaziy Osiyodagi eng baland teleminora hisoblanadi.

* Kitob tumanida fazoni kuzatuvchi dunyoning beshta kenglik stansiyalaridan biri joylashgan. 2010 yildan buyon bu stansiya yer atrofidagi xavfli asteroidlarni kuzatib kelmoqda.

* Toshkentda joylashgan “Mo‘yi muborak” madrasasining “Qur’on muzeyi”da “Usmon Mushafi” nomi bilan mashhur Qur’oni karimning bizgacha saqlangan eng qadimiy namunasi saqlanadi.

Фото: https://kun.uz/

* “Toshkent – Samarqand” yo‘nalishi bo‘yicha qatnaydigan “Afrosiyob” tezyurar poyezdi temir yo‘li Markaziy Osiyodagi yagona tez yurar temir yo‘l sanaladi.

* O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng qudratlisi hisoblanadi.

Bekzod MUSURMONOV tayyorladi.