Ma’suliyatli soha xodimlariga kasb bayrami muborak!
Bugun yurtimizning har bir go‘shasida, barcha hududlarida aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, odamlarni rozi qilish, yashash sharoitlarini yaxshilash va yanada yuqori darajada yuksaltirishda barcha soha vakillari singari kommunal xizmati xodimlari ham jonbozlik ko‘rsatmoqda.
Qanday sharoitda bo‘lishidan qat’i nazar xonadonlarga yorug‘lik, tabiiy gaz, toza ichimlik suvini yetkazib berish, kanalizatsiya xizmatini ko‘rsatish, aholi yashaydigan hududlarni chiqindilardan tozalash kommunal soha xodimlari xizmat qilib kelmoqda. Bugun tabiat injiqliklariga qaramasdan, goh qorli, goh yomg‘irli kunlarda shahrimizning har bir hududida xizmat vazifasini bajarayotgan fidoyi soha xodimlarini uchratasiz.
Yurtimiz ravnaqi va yuksalishi yo‘lida xizmat qilayotgan ushbu sharafli va ma’suliyatli soha xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklaymiz.
“Samarqand suv ta’minoti” MChJ jamoasi.