Megavati Sukarnoputri xonim «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universitetining faxriy professori bo‘ldi
"Ipak yo‘li" xalqaro turizm va madaniy meros unversitetida magistrlik diplomini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali tadbirda so‘z olgan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov va Indoneziya Respublikasining beshinchi Prezidenti, Milliy tadqiqot va innovatsiya agentligi Boshqaruvchilar Kengashi raisi Megavati Sukarnoputri xonim bitiruvchilarni tabriklab, kelgusidagi ishlariga omad tiladi. O‘zbekiston bilan Indoneziya o‘rtasidagi turli sohalardagi hamkorlik aloqalari mustahkamlanib borayotganini e’tirof etishdi.
Tadbirda Megavati Sukarnoputri xonimga unversitetning «Faxriy professor» diplomi topshirildi.
Tadbirda 130 nafar talabaga magistrga diplom berildi, ulardan 95 nafari 16 davlatdan kelib tahsil olgan xorijlik talabalardir.
Ma’lumot o‘rnida: Megavati Sukarnoputri xonim Indoneziyaning beshinchi prezidenti. Ushbu lavozimni 2001-2004 yillarda egallagan. Indoneziyaning birinchi ayol prezidenti. 2004 yilda Forbs jurnaliga ko‘ra Megavati Sukarnoputri xonim dunyodagi eng nufuzli ayollar ro‘yxati o‘ntaligidan o‘rin olgan.