Mehnati elda aziz ustozlar

Samarqand davlat universiteti akademik litseyida O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan shu nomda tadbir o‘tkazildi.
Unda mazkur ilm dargohida uzoq yillar ishlab, o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya bergan marhum o‘qituvchilarning xotirasi yodga olindi. Yig‘ilganlarga ular haqida ishlangan videorolik namoyish etildi.
So‘ng ko‘p yillar samarali mehnat qilib, yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda fidoyilik ko‘rsatgan bir guruh faxriy o‘qituvchi va murabbiylarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Litsey o‘quvchilari ijro qilgan ustozlarni madh etuvchi qo‘shiq va raqslar tadbir ishtirokchilariga zavq ulashdi.
D. TO‘XTAYeV.