«Mehr-saxovat» ko‘krak nishoni, «Salomatlik» ordeni va «Sog‘lom turmush» medali kimlarga beriladi?

26 may kuni Prezident tomonidan «Mehr-saxovat» ko‘krak nishoni, «Salomatlik» ordeni (26.05.2020 yildagi O‘RQ-620-son Qonunga qarang) va «Sog‘lom turmush» medalini (26.05.2020 yildagi O‘RQ-621-son Qonunga qarang) ta’sis etish to‘g‘risidagi hujjatlar imzolandi.

 

1. «Mehr-saxovat» ko‘krak nishoni bilan fuqarolar COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda qo‘shgan hissasi uchun mukofotlanadi:

•COVID-19 pandemiyasi davrida, tabiiy ofatlar va favqulodda holatlar oqibatlarini bartaraf etishda mardlik va jasorat ko‘rsatgani;

• xalqimizning ma’naviy qadriyatlarini va milliy an’analarini munosib davom ettirib, mehr-oqibat, saxovat va himmat kabi yuksak fazilatlarni ulug‘lab kelayotgani;

• aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni umumxalq harakati darajasiga ko‘tarishga katta hissa qo‘shgani;

• xayriya va saxovat mablag‘larini to‘g‘ri va xolis yo‘naltirish, qiyin ahvolga tushgan aholiga o‘z vaqtida beminnat ko‘mak berishdagi tashabbuskorligi;

• jamiyatda tinchlik-osoyishtalik, birlik va o‘zaro hamjihatlik muhitini mustahkamlashdagi faolligi;

• homiylik yordami va ezgu ishlarni amalga oshirganligi.

Ko‘krak nishoni Prezident yoki uning nomidan Senat raisi, Qonunchilik palatasi spikeri, Bosh vazir, vazirlik, idora va jamoat birlashmalarining respublika organlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va shahar hokimliklari, bunga vakil qilingan boshqa shaxslar tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.

2. «Salomatlik» (I va II darajali) ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, aholi salomatligini yaxshilash hamda ushbu sohada xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi alohida xizmatlari uchun mukofotlanadi. Orden sohiblari ro‘yxati quyidagi jadvalda keltirilgan.

 

I darajali «Salomatlik» ordeni bilan mukofotlanadilar:

II darajali «Salomatlik» ordeni bilan mukofotlanadilar:

  • tibbiyot sohasini rivojlantirish va uni takomillashtirish ishlariga qo‘shgan ulkan hissasi uchun - sog‘liqni saqlash tizimining rahbarlari va shifokorlar;
  • yirik xayriya va homiylik ishlarini amalga oshirganligi uchun - homiylik xayriyalarini amalga oshiruvchi tadbirkorlar, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari vakillari;
  • jahon standartlariga mos davlat va nodavlat tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etganligi uchun - xorijiy investorlar, biznes doira hamda sog‘liqni saqlash tizimining vakillari; 
  • farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish borasidagi samarali faoliyati hamda yangi dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganligi uchun - farmatsevtika sohasida faoliyat yurituvchi xodimlar, olimlar, mahalliy tadbirkorlar va xorijiy hamkorlar;
  • malakali kadrlarni tayyorlash borasidagi katta xizmatlari uchun - tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va amaliyotchi shifokorlari, tibbiyot kasb-hunar kollejlari va texnikumlarining o‘qituvchilari;
  • aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tizimli olib borayotganligi uchun - respublika va hududiy tibbiyot muassasalari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarining tibbiyot xodimlari, ko‘ngillilar
  • aholi salomatligini muhofaza qilish, turli kasalliklarning barvaqt oldini olish va ularni bartaraf etish ishlaridagi katta xizmatlari uchun - respublika, viloyat, tuman (shahar) kesimidagi tibbiyot muassasalarining shifokorlari, o‘rta va kichik tibbiyot xodimlari;
  • tez tibbiy yordam hamda tibbiy profilaktika xizmatlari sifati va samaradorligini oshirish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati uchun - tor ixtisoslikdagi shifokorlar, umumiy amaliyot va tez tibbiy yordam shifokorlari;
  • sog‘lom va xavfsiz atrof-muhitni saqlash, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashga oid davlat dasturlarini amalga oshirishda faol ishtirok etganligi uchun - sanitariya-epidemiologiya nazorati va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash tizimi xodimlari;
  • davolash va inson umrini uzaytirishga qaratilgan salomatlik profillarini yaratganligi hamda amaliyotga joriy etganligi uchun - sog‘liqni saqlash tizimidagi barcha shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlari;
  • tibbiy standartlashtirish tizimini shakllantirish, tashxis qo‘yish va davolashning yuqori texnologik usullarini joriy etishga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun - sog‘liqni saqlash sohasining ilmiy doira vakillari va yuqori malakaga ega bo‘lgan shifokorlari

 

I darajali «Salomatlik» ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga 30 BHM, II darajali «Salomatlik» ordeni bilan mukofotlangan shaxslar 25 BHM miqdoridagi bir martalik pul mukofoti beriladi.

 

3. «Sog‘lom turmush» medali bilan mukofotlanadilar:

• sog‘lom turmush tarzini shakllantirishni keng targ‘ib qilishga qo‘shgan katta hissasi uchun - sog‘liqni saqlash muassasalari shifokorlari, shu jumladan diyetologlar, jismoniy tarbiya instruktorlari, sog‘liqni saqlash masalalarini va sog‘lom turmush tarzini yorituvchi ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar;

• jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanish va uni kundalik turmush tarziga aylantirish borasida jamoatchilikka shaxsiy namuna bo‘layotgani uchun - fuqarolar, namunali oilalar va sportchilar;

• ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli tashkil qilish orqali uni umummilliy harakatga aylantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun - barcha darajadagi tashkilot va idoralar rahbarlari;

• o‘sib kelayotgan avlod o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun - sport maktablari, umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarining rahbarlari, sport trenerlari, jismoniy tarbiya va sport sohasining boshqa mutaxassislari;

• yoshlarda iroda, matonat, o‘z kuchi va imkoniyatlariga ishonch fazilatlarini mustahkamlash, ularda vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini yuksaltirish borasidagi ulkan xizmatlari uchun - mudofaa tizimi vakillari, yuqori natijalarga erishgan sportchilar va ularning trenerlari, hakamlar va sport tashkilotlarining vakillari;

• jismoniy tarbiya va sportni respublikamizda yanada rivojlantirish va ommalashtirishga qo‘shgan hissasi 

https://www.norma.uz/uz/qonunchilikda_yangi/kukrak_nishoni_orden_va_medal_tasis_etildi