MIB: Alimentdan qochib yurgan 111 nafar shaxs va ularning mulklari qidiruvga berilgan

Majburiy ijro Byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi xabariga ko‘ra, tegishli idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan qidiruv tadbirlari jarayonida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlar yoki ularning mol-mulklarini topish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

Xususan, tadbir doirasida ushbu toifadagi ijro hujjatlari  bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan 153 nafar qarzdor jismoniy shaxslardan 42 nafari topilib, jazo muqarrarligi ta’minlangan.

Hozirgi kunda qidiruvda bo‘lgan 111 nafar aliment to‘lovchi qarzdor shaxslarning 24 nafari MDH davlatlarida qidiruvda bo‘lib, ushbu qarzdorlar bo‘yicha xalqaro so‘rovnomalar yuborilgan. 

Qolgan 87 nafar mahalliy qidiruvdagi qarzdorlarni qidirib topish yuzasidan tegishli idoralar bilan hamkorlik o‘rnartilgan.

Misol uchun: Byuroning Samarqand shahar bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan 108 mln. 689 ming so‘mlik ijro hujjatlariga asosan qarzdor fuqaro O.D. tegishli CHERY TIGGO 7 avtotransport vositasiga qidiruv e’lon qilingan.

Tadbir davomida ushbu transport qarzdorning xonadonidan topilib, vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan.