MIB: Samarqandda qidiruvda bo‘lgan 200 dan ortiq avtotransport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirildi

Majburiy ijro byurosi vioyat boshqarmasi qidiruv sho‘’basi xodimlari qarzdorlik majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlagan shaxslarning avtotransport vositalarini aniqlash va vaqtincha saqlash bo‘yicha zarur ishlarni olib boryapti.
Xususan, 2025 yil 15 aprelda zamonaviy texnologiyalar va ma’lumotlar bazasidan foydalanib, sud va tegishli organlarning ijro hujjatlari asosida 200 dan ortiq avtotransport vositasi aniqlanib, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda jarima maydonchalariga joylashtirildi.
"MIBning asosiy maqsadi qarzdorlarni o‘z majburiyatlarini amalga oshirishga undashga erishishdir, - deyiladi MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabarida. - Agar bu yo‘l samara bermaydigan bo‘lsa, qonunda ko‘zda tutilgan majburiy chora-tadbirlar qo‘llaniladi.
Qarzdorlarning avtotransport vositalarini aniqlash va ularni jarima maydonchalariga joylashtirish bo‘yicha ishlarni faol davom ettirmoqda".