MIB viloyatdagi 153 ta noqonuniy qurilmaning buzilishini ta’minladi

Shu yilning o‘tgan davrida Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasi va tuman (shahar) bo‘limlarining ish yurituvida bo‘lgan sud qarorlariga asosan nomulkiy turdagi 3.898 mingga yaqin ijro hujjatlari mavjud bo‘lib, shundan 622 tasining ijrosi ta’minlangan.

MIBning viloyat boshqarmasi katta inspektori Shahram Amanullayevning ma’lumot berishicha, ijrosi ta’minlangan ijro hujjatlarining 70 tasi sudning da’voni ta’minlash, 153 tasi noqonuniy qurilmalarni buzish, 105 tasi bolani olib berish va bola bilan uchrashtirish, 37 tasi ishga tiklash, 106 tasi majburiyat yuklash haqidagi, qolgan 151 tasi mazmuniga ko‘ra boshqa turdagi nomulkiy ijro hujjatlarini tashkil etgan.

Sud qarorlari ijro qilish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.