MIB xodimlari qanday ishlayapti?
Bugun Majburiy ijro byurosi tashkil etilganiga yetti yil to‘ldi.
Shu munosabat bilan MIB viloyat boshqarmasida tadbir bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlanishicha, shu yilning o‘tgan davri mobaynida 4,9 trln. so‘mlik 410 414 ta ijro hujjatlari bo‘yicha amalga oshirilgan majburiy ijro tadbirlari mahsulida 2,5 trln. so‘mlik 180.305 ta ijro hujjatlari yuzasidan yakuniy qarorlar qabul qilingan. Bu ijro hujjatlari bo‘yicha amalda 1,3 trln. so‘m undirilishi ta’minlandi.
Shuningdek, davlat foydasiga undiruvlar bo‘yicha jami 1,6 trln. so‘mlik 270.105 ta ijro hujjatlari bo‘yicha amalga oshirilgan majburiy ijro tadbirlari davomida 801 mlrd. so‘mlik 131 871 ta ijro hujjatlari yuzasidan yakuniy qarorlar qabul qilinib, shundan amalda 370 mlrd. so‘m undirilgan.
Ushbu davrda jami 101 152 ta, 912,1 mlrd. so‘mlik soliq qarzdorligini undirish bilan bog‘liq ijro ishlari bo‘yicha ijro tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, natijada 58 585 ta 551,5 mlrd. so‘mlik ijro hujjatlari bo‘yicha yakuniy qarorlar qabul qilindi, ular bo‘yicha amalda undirilgan to‘lov va qarzdorliklar miqdori 262 mlrd. so‘mni tashkil qilgan.
Tadbirda sohada faol bo‘lgan xodimlar rag‘batlantirildi.