Milliy gvardiyaga yangi avtomobillar berildi

Milliy gvardiya Samarqand viloyati qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan Paxtachi tumanidagi 11-alohida otryadga UAZ Patryod rusumdagi 2 ta xizmat avtomashinasi topshirildi.
Boshqarma matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, mazkur transport vositalari pandemiya davrida aholi salomatligini asrash va COVID-19 ga qarshi kurashishda otryad ish samaradorligini oshirish maqsadida ajratilgan. Shuningdek, bu tadbirdan tumanda joylashgan, Navoiy kon metallurgiya kombinatiga qarashli “Qoraqo‘ton” tog‘ konida tarkibida oltin bo‘lishi mumkin bo‘lgan toshlarning noqonuniy qazib ketilishining oldini olish uchun ob’yektni ishonchli qo‘riqlash ko‘zlangan.