Mitanda zamonaviy korxona ish boshladi
Ishtixon tumanining Mitan shaharchasida “Samarqand baraka chevarlari” korxonasi faoliyat boshladi.
Umumiy qiymati 3 milliard 910 million so‘m bo‘lgan ushbu loyiha shu yerlik tadbirkor Husniddin Abdurahmonov tomonidan amalga oshirildi. Bu xayrli ish zamirida qishloqqa sanoatni olib kirish, xalq turmush farovonligini oshirish, sifatli mahsulot ishlab chiqarish, mahalliy aholi uchun muqim ish o‘rinlari yaratish va ularning daromadlarni yanada oshirishdan iborat.
Ayni kunda korxonada 50 nafardan ziyod xotin-qiz ishlamoqda, korxona to‘la quvvat bilan ish boshlagach, 150 nafargacha ayollar doimiy ish o‘rniga ega bo‘ladi.
Bundan tashqari, tumandagi “Doniyorbek Shuhrat o‘g‘li” oilaviy korxonasi ushbu majmuaning uzviy davomi sifatida yangi loyiha - 2 milliard 90 million so‘m mablag‘ hisobiga avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, servis va savdo majmuasi qurishga kirishdi. Buning natijasida yana 30 nafar yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Olim Qo‘chqorov.