Miyonqollik yoshlarni qiynayotgan muammo nima?
Viloyatdagi adliya organlari xodimlari ayni paytda tizimga biriktirilgan 30 ming nafardan ortiq yoshlarning murojaatlari, huquqiy muammolarini o‘rganish, hal qilish borasida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Jumladan, Oqdaryo tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari tumandagi Miyonqol mahallasidagi ishsiz yoshlar xonadonlarida bo‘ldi va ularning murojaatlari o‘rgandi. Muloqotda qishloq yoshlari asosan dehqonchilik uchun yer olishda yordam so‘radi.
Xususan, mazkur mahallaga qarashli Oqbuyra qishlog‘ida yashovchi 23 yoshli Lazizjon Abubakirov dehqonchilik bilan shug‘ullanish maqsadida 30 sotix yer ajratish masalasini ko‘tardi. Uning bu murojaati ro‘yxatga olinib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.
O‘rganishda 20 nafardan ortiq yoshlar bilan suhbat olib borildi va ular o‘rtaga tashlagan masalalar, muammolar ro‘yxatga olindi. Albatta, bu masalalar bir kunda bitadigan ish emas. Bu jarayon kompleks yondashuv, vaqt talab qiladi. Miyonqollik yoshlarning murojaatlari ham tegishli tashkilotlar bilan birgalikda ko‘rib chiqilib, ijroga qaratiladi.
Adliyachilar yoshlar muammolarini o‘rganishni davom ettirmoqda.