Mobil telefon orqali koronavirus yuqtirish mumkinmi?
Ushbu savolga AOKA shtabida bo‘lib o‘tgan brifingda Sanitariya-epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov javob berdi:
➖ Albatta, yuqishi mumkin. Mobil telefon boshqa buyumlar kabi kasallik qo‘zg‘atuvchisi, shu jumladan, koronavirus infeksiyasi tashuvchisi bo‘lishi mumkin.
Mobil telefonidan qo‘chada, transportda, jamoat joylarida keng foydalaniladi, eshik va zinopoya tutqichlari, magazinlarda aravachalar va boshqa joylarga qo‘l bilan tekkandan so‘ng tez ifloslanganligi uchun telefonni tez-tez va doimiy ravishda antiseptik yordamida zararsizlantirish kerak. Agar telefon g‘ilofda bo‘lsa, albatta g‘ilof yechilib tozalanishi kerak.