Moskva Davlat Universiteti dunyo reytingida 90-o‘rinda qayd etildi
Tahlillarga ko‘ra Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti(MDU) dunyo OTM lari reytingida 90-o‘rinda qayd etildi va dunyoning eng yaxshi OTMlari reytingining 100 taligi ro‘yxatiga kirdi.
Bu haqda dunyodagi mingdan ortiq OTMlar faoliyatini o‘rganib, baholab chiqqan QS World University Rankings tahlilchilari ma’lum qilishdi.
MDU Rossiya OTMlari orasida eng yuqori reyting ko‘rsatkichiga ega bo‘lib bu ro‘yxatda 90-o‘rinni oldi.
Sankt-Peterburg Davlat Universiteti 235-o‘rinda qayd etildi.
Novosibirsk Davlat Universiteti 244-o‘rinda, Tomsk Davlat Universiteti esa 277-o‘rinda qayd etildi.
Moskva Davlat Texnika Universiteti 299-o‘rinda, Moskva Fizika-Texnika Instituti 312-o‘rinda qayd etildi.
1000 talik ro‘yxatda umumiy hisobda 26 ta Rossiya OTMlari joy oldi.
QS ning bu yilgi reytingida 1-o‘rinni AQShning Massachuset texnologiya instituti egalladi. U yetti yildan beri bu reytingda birinchi o‘rinni hech kimga bermay kelayapti. 2-o‘rinda Stenford Universiteti, 3-o‘rinda Garvard Universiteti, 4-o‘rinda Kaliforniya Texnologiya Universiteti, 5-o‘rinda Oksford Universiteti joylashdi.
6-o‘rinda Kembridj Universiteti, 7-o‘rinda Shveysariya Federal Texnologiya Instituti, 8-o‘rinda Londondagi Imperiya kolleji, 9-o‘rinda Chikago Universiteti, 10-o‘rinda esa Londondagi yana bir kollej, Universitet kolleji qayd etildi.