Moskva ma’muriyati aholini masofadan ishlashga chaqirdi
- 25.09.2020 18:40
- 115
- Xorij
28 sentyabr, dushanba kunidan boshlab Moskvada zaif toifadagi fuqarolar uchun ehtiyot choralari joriy etiladi. Bu haqda Moskva meri Sergey Sobyanin ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar joriy yil kuz faslida ikki turdagi kasallik, shamollash va koronavirusning birlashishi juda xavfli bo‘lishi va og‘ir asoratlar keltirib chiqrishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.
Shu sababli, 28 sentyabrdan e’tiboran 65 yoshdan katta moskvaliklarning va surunkali kasalligi bor fuqarolarning ehtiyoj bo‘lmagan hollarda uydan chiqishlari tavsiya etilmaydi.
Bundan tashqari, Sobyanin tashkilot rahbarlarini iloji boricha ko‘proq ishchi-xodimlarni masofaviy ishlashga o‘tkazilishiga chaqirdi va poytaxt aholisidan niqob taqish va qo‘lqol taqish qoidalariga amal qilishini so‘radi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 2 soat avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa