Moskvada ham koronavirus bilan kasallangan bemor mavjudligi tasdiqlandi

Moskva shahrida koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha birinchi holat kuzatilgani haqida xabarni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tasdiqladi.

Ayni paytda koronavirus bilan kasallangani gumon qilinayotgan bemor Moskvadagi shifoxonalardan birida nazoratda bo‘lib turibdi.

"Moskva sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar bergan ma’lumotga ko‘ra, shu paytga qadar kasallikni tasdiqlovchi holat shaharda hali qayd etilmagan.

Ayni paytda u bir qator diagnostik tekshiruvlardan o‘tmoqda. So‘nggi oylarda bir necha kishining koronavirus bilan kasallangani gumon qilingan. Ularning hech birida kasallik tashxisi qo‘yilmagan”, deyiladi xabarda.