Moskvada O‘zbekiston fuqarosi o‘lik holda topildi
- 09.09.2021 13:10
- 215
- Xorij
Qator ijtimoiy tarmoqlarda Moskva shahrida o‘lik holda topilgan, 1990 yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlik mehnat migranti haqida tarqalgan xabarlar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskvadagi vakolatxonasi tomonidan o‘rganilmoqda.
Xususan, vafot etgan fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritildi. Uning yaqin qarindoshlari bilan aloqa o‘rnatilib, jasadni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
Shuningdek, Rossiyaning huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan aloqalar o‘rnatilib, mazkur hodisa nazoratga olindi.