Moviy dengiz, qora plyaj, sariq daryo, yashil maydon uchrashadigan tabiat mo‘’jizasi qayerda joylashgan?
🔹 Spotted-Leyk – olachipor ko‘li Britaniyaning Kolumbiyasida joylashgan. Suv omborining g‘ayrioddiy ko‘rinishi ko‘ldagi magniy sulfati, kumush, kalsiy va titanning yuqori konsentratsiyasiga bog‘liq.
Ko‘p yillar davomida ko‘lni muqaddas deb biladigan va doiralarning har biri o‘ziga xos davolovchi xususiyatlarga egaligiga ishonadigan Okanagan hindulari u yerga davolanish uchun keladi. Okanagan qabila boshlig‘i ruxsatisiz sayyohlar ko‘lga yaqinlasha olmaydi.
🔹 Ushbu to‘lqin “Chikama” deb nomlanadi va u dunyoda davlat qonunlari bilan himoya qilingan birinchi to‘lqin bo‘ldi. Peruda ushbu to‘lqin shaklini buzmaslik va unga ziyon yetkazmaslik uchun uning 1 kilometr yaqinligida qurilish ishlari qonun bilan taqiqlangan.
🔹 “Dengiz chorrahasi” deb nomlangan noyob va chiroyli hodisa mavjud. Juda ham chiroyli va juda kam uchraydigan hodisa dengizda to‘g‘ri burchak ostida harakatlanadigan 2 tizimli to‘lqin kesishganda hosil bo‘ladi. Ba’zi to‘lqinlar shamol tufayli, boshqalari tabiiy sharoit tufayli yuzaga keladi.
Natijada, suvning butun yuzasi bo‘ylab katalaklar chiziladi. Bunday to‘lqinlarga uchragan kema osongina ag‘darilib ketishi, odam esa qirg‘oqqa yetolmay cho‘kishi mumkin.
🔹 Ispaniyadagi Tinto daryosi tarkibida temir miqdori yuqori bo‘lganligi sababli u qizil rangga ega, bu yerda minerallar yuqori oqimda qazib olinadi.
🔹 Moviy dengiz, qora plyaj, sariq daryo va yashil maydon uchrashadigan tabiatning o‘zi yaratgan ushbu qiziqarli va nihoyatda go‘zal joy Islandiyada joylashgan.
🔹 Shimoliy Amerikaning AQSh va Kanada chegarasida joylashgan Buyuk ko‘llar tizimidagi eng katta va eng chuqur hisoblanadigan Verxneye ko‘lining suvi shu qadar ko‘pki, u har ikkala Amerikani ham 30 santimetr qo‘shimcha qatlam bilan qoplay oladi.
🔹 Rossiya atrofidan dunyodagi 14 ta dengiz oqib o‘tadigan yagona davlatdir.
🔹 Eng katta tog‘ tizmasi va eng chuqur vodiy okean suvlari ostida joylashgan Marian handagining chuqurligi 11 kilometr, bu okean tubidan yana 11 kilometr pastda joylashgan. Shu paytgacha uch kishi bu yerda bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan. Suv ustunining nihoyat darajadagi bosimiga qaramay, u yerda hayot bor.
Bahora Muhmammadiyeva to‘pladi.