Muhojirlar lagerida yong‘in sodir bo‘ldi

Bosniya va Gersegovinaning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan muhojirlarni vaqtincha qabul qilish markazi - «Lipa» lagerida chorshanba kuni katta yong‘in sodir bo‘ldi. Ushbu muassasa yashash sharoiti va imkoniyati u yerda istiqomat qiluvchilar soniga to‘g‘ri kelmagani sababli huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar tomonidan qattiq tanqid qilingan edi.

Chodirlardan ko‘tarilayotgan qalin qora tutun aholini qochib jon saqlashga majbur qildi. Yong‘in benzin va benzogeneratorlar bo‘lgan joyda boshlangan.

«Lipa» lageri Xorvatiya chegarasi yaqinida, Bixacha shahridan 25 kilometr uzoqlikda joylashgan. U yerda 1200 muhojir istiqomat qilayotgan edi.

Avvalroq, Yevropa Ittifoqi Bosniyani qish boshlanishi bilan lagerdagi sharoit muhojirlar hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solishi haqida ogohlantirgan edi.