Murojaatlarga 15 kun muddatda javob beriladi
Unda 2014 yil 4 dekabrda qabul qilingan «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining yangi tahririga kiritilgan o‘zgartirishlar, viloyatdagi idora va tashkilotlarda murojaatlar bilan ishlash holati muhokama etildi.
– Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining yig‘ilishida 2017 yilda Samarqand viloyatida 202 ta murojaatning ko‘rib chiqish muddati buzilganligi aytib o‘tildi, – deydi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi raisining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Joniqulov. – Buning 4,7 foizi Oqdaryo tumaniga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, vaqtida javob berilmaganligi, qanoatlantirilmaganligi tufayli takroriy murojaatlar 215 tani tashkil etadi. Ularning asosiy qismi moddiy yordam pullari, nafaqalar olish masalasi bilan bog‘liq.
Nasiba JONTO‘RAYeVA.