Namunali, ma’rifatli, ibratli oilalarga esdalik sovg‘alari topshirildi

Kattaqo‘rg‘on tumani hokimining o‘rinbosari D.Ismoilov tumandagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, yuqori sinf o‘quvchilari bilan uchrashdi. O‘quvchilarning kelajakdagi orzulari, tanlayotgan kasblari haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

Shundan so‘ng, tuman hokimi o‘rinbosari va maktab ma’muriyati "Qirg‘iz" mahalla fuqarolar yig‘ini Qirg‘iz qishlog‘ida joylashgan bugungi kunda barcha farzandlari oliy o‘quv yurtida o‘qiydigan, namunali, ma’rifatli, ibratli oilalarga bordi.

- Uch nafar farzandimni o‘qitdim, - dedi Narzulla Xolov. – O‘g‘lim Husniddin Nurillayev Toshkent moliya institutini, Maqsud Nurillayev O‘zbekiston Milliy universitetini tugatgan. Qizim Gulshan hamshiralik kasbida ishlayapti. Farzandlarim Toshkent shahrida ikkita o‘quv markazi ochgan. Ota-ona uchun farzandlari baxti-kamolidan faxrlanib yashashdan ortiq baxt yo‘q.

Mehmonlar Qirg‘iz qishlog‘idagi Sobir Shokirov, Ma’ruf Sanayev, Ma’ruf Bozorovlar xonadonida ham bo‘lishdi. Ushbu oilalarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.