Narpayda 12 ta, Ishtixonda 9 ta va Bulung‘urda 2 ta normativ tusdagi qarorni qabul qilishda qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘yilgan
Narpay tuman hokimining 2022 yil 5 sentyabrdagi qarori bunga misol bo‘ladi.
Tumanning Mustaqillik mahallasidagi 53-umumiy o‘rta ta’lim maktabi qarshisidan o‘tuvchi avtomobil yo‘liga sun’iy yo‘l notekisliklarini o‘rnatish to‘g‘risidagi normativ tusdagi qaror adliya bo‘limi huquqiy ekspertizasidan o‘tkazilmasdan qabul qilingan.
Toyloq tumani hokimining 2022 yil 29 sentyabrdagi qarori ham shunday yo‘l bilan qabul qilingan.
Qarorga “Uy va turar joyning inventar yig‘ma jildidan olingan ma’lumotlar ayrim turlaridan ko‘chirmalar va nusxalar berish tartibi”da Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 3 noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Ko‘chmas mulk ob’yektlariga kadastr yig‘ma jildini tayyorlash Qoidalari” asos sifatida keltirilgan.
Vaholanki, mazkur qoidalar 2021 yil 28 iyuldan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Bu kabi kamchiliklarning oldini olish maqsadida tuman (shahar) adliya bo‘limlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ tusdagi qaror qabul qilishda zarur uslubiy va amaliy ko‘mak berib, qonunbuzilish holati bartaraf etildi.