Pekin yangi toshqinlar qarshisida, Pokistonda musson yomg‘irlari, Hindistonda kuchli sel qurbonlarga sabab bo‘ldi

Xitoyning ogohlantirish tizimidagi eng yuqori xavfning «qizil» darajasi e’lon qilindi. 4 avgust holatiga ko‘ra, kuchli yomg‘ir tufayli 82 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan.
Yog‘ingarchilikning uchdan bir qismi, ya’ni 200 millimetrgacha yog‘ingarchilik ortidan yangi toshqinlar kutilmoqda.
Iyul oyida Pekinda kuchli yomg‘irlar 44 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Bu so‘nggi 13 yildagi eng halokatli suv toshqini. Suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish darajasi oshirilgan.
***
Pokistondagi musson yomg‘irlari 26 iyundan beri davom etmoqda.
Shunga bog‘liq hodisalar oqibatida kamida 299 kishi, jumladan, 140 bola halok bo‘ldi, 715 kishi jarohatlangan. Katta vayronagarchiliklar bor.
***
Himoloyda joylashgan Hindistonning Dxarali qishlog‘ini sel yuvib ketdi.
Kamida 4 kishi halok bo‘lgan, 50 dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan. Uylar va mehmonxonalar vayron, yo‘llar to‘silgan.