Narpayda ilk bor “Kabob sayli” o‘tkazildi
- 01.04.2019 17:43
- 218
- Samarqand

Samarqand viloyati hokimining 2019 yil 5 martdagi “2019 yilda Samarqand viloyati sayyohlik salohiyatini oshirish va turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi nazorat rejasi”da berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Narpay tuman hokimligi tashabbusi bilan Oqtosh shahri istirohat bog‘ida “Kabob sayli” o‘tkazildi.
Ilk bor o‘tkazilayotgan saylda 50 nafar oshpazlar tomonidan turli xildagi kaboblar va milliy taomlarimiz tayyorlandi.
Mazkur tadbirda qo‘shni viloyatlardan ham mehmonlar kelib, tumanimizning milliy an’ana va odatlaridan, o‘yinlarimizdan bahramand bo‘lishdi. San’atkorlar tomonidan kuylangan kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari barchaning e’tiborini tortdi.
Xurshid GADOYEV.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hokimlikka nomzodlar xorijda malaka oshiradi
- 1 soat avval
- Samarqand
Test sinovlari o‘tkaziladigan binolar tayyormi?
- Kecha, 18:02
- Ta’lim
SamISI da yoshlarga e’tibor qanday?
- Kecha, 17:55
- Jamiyat
Suv minorasi ta’mirlanmoqda
- Kecha, 17:30
- Samarqand