Narpayda mast holda o‘ziga tanish bo‘lmagan qizga shilqimlik qilgan erkak 15 sutkaga qamaldi

Aslida hodisa joriy yil 19 iyun kuni Narpay tumanida joylashgan “Mirbozor” MChJ hududida sodir bo‘lgan. O‘sha kuni fuqaro S.D. spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holatda o‘ziga oldindan tanish bo‘lmagan U.U. ismli qizning qo‘lidan turtib, unga nisbatan haqoratomuz shilqimlik qilgan.

U.U. Narpay tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, S.D. ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Ariza yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, to‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Narpay tumani sudiga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Narpay tuman sudining 2021 yil 23 iyun kunidagi qaroriga asosan S.D. ga sodir etgan huquqbuzarligi uchun unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Shundan so‘ng S.D. ning yaqinlari tuman IIB ga borib, o‘zlarini noroziliklarini bildirishgan. Holat S.D.ning yaqinlariga tushuntirib berilganidan so‘ng fuqarolar uylariga ketishgan.

Viloyat IIB axborot xizmati.