Navoiy va Boburga ehtirom

“Diyorim ahli birla yordin boshimg‘a yuz mehnat,
Ne tong, boshim olib ketsam qo‘yub yoru diyorimni.
Bu satrlarni bitgan Hazrat Mir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ular yashagan davrlardanoq boshlangan. Bu ikki buyuk qalb sohiblarining ijodi nafaqat adabiyot, balki boshqa fanlarning rivoji uchun ham o‘z o‘rniga ega. Masalan, birgini “Xamsa” va “Boburnoma”ning o‘ziyoq fikrimizni tasdig‘ etadi.”
Samarqand shahridagi Konsert zalida Alisher Navoiyning 578 hamda Boburning 536 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir filologiya fanlari doktori Dilorom Salohiyning shunday so‘zlari bilan boshlandi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi faollari, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi, korxona va tashkilot xodimlari, ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda mahalliy aholi ishtirok etgan tadbirda Samarqand san’at kollejining o‘qituvchi-o‘quvchilari tomonidan konsert dasturlari namoyish etildi.
Tadbirda ikki mutafakkirning g‘azallariga bastalangan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Shuningdek, ilk bor Tohir Abdurazzoqov boshchiligidagi orkestr jamoasi tomonidan kuyga solingan Alisher Navoiyning “Ishq” g‘azali tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Abdujabbor PO‘LATOV.