Navoiylik sudyalar sport turlari bo‘yicha bellashdi

Mamlakatimizda sportni rivojlantirish bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, jismoniy tarbiyaning ahamiyati korxona va tashkilotlar, muassasalarda tashkil etilayotgan musobaqalarda o‘z aksini topmoqda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati sudlari xodimlari ham jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanib, sport turlari bo‘yicha tashkil etilayotgan musobaqalarda ishtirok etishmoqda.

Bugun, 7 noyabr kuni Navoiy shahrida barcha sudyalar va sud xodimlari 3000 metrga yugurish mashqlarini bajarishdi. So‘ng, jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati sudi binosida sportning stol tennisi va shaxmat turlari bo‘yicha musobaqalarda qatnashdi. Musobaqa yakunida g‘oliblar aniqlanib, sud xodimlari keyingi bosqich bellashuvlariga qizg‘in tayyorgarlikka kirishdi.

X.ASOMOV,
jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati sudi katta mutaxassisi.