Navro‘zda Birlashgan Arab Amirliklaridan yurtimizga keladigan sayyohlar ko‘payishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 martdagi farmoni bilan joriy yilning 20 martidan boshlab Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kun muddatga vizasiz rejim belgilandi.

Bu shubhasiz, ushbu mamlakatdan yurtimizga keladigan sayyohlar hamda ishbilarmonlar oqimini oshiradi.