Nazarboyevning sobiq kelini, mamlakatning eng nufuzli biznesmeni ikkita jinoiy ish bo‘yicha 8 yil qamoq jazosiga hukm qilindi
Qozog‘istonning Qizilo‘rda shahri sudi Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning jiyanining sobiq rafiqasi Gulmira Satibaldini 440 million tengedan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirishda aybdor deb topib, 8 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda “Interfaks”ga viloyat sudi matbuot xizmati xabar bergan.
Hukm tayinlashda Ostonaning avvalgi hukmi (7 yil qamoq jazosi) hisobga olingan.
Bundan tashqari, sud hukmiga ko‘ra, Satibaldiga 10 yil muddatga tijorat tuzilmalarida rahbarlik lavozimlarini egallash taqiqlangan.
Gulmira Satibaldi Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning jiyani - Qayrat Satibaldining sobiq rafiqasi bo‘lib, Forbes Kazakhstan talqini bo‘yicha mamlakatning eng nufuzli biznesmenlari ro‘yxatiga kiritilgan.
2022 yil sentyabrida Ostona sudi Qayrat Satibaldini davlat mablag‘larini o‘zlashtirishda aybdor deb topib, mol-mulki musodara qilinib, 10 yil muddatga davlat xizmatida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda olti yilga umumiy tartibli koloniyaga hukm qilingan edi.