Nega buncha hashamga o‘chmiz?

Koronavirus pandemiyasi e’lon qilinib, hammadan uyda qolish so‘ralgan paytda televideniye ijodkorlari yaxshi tashabbus bilan chiqishdi – san’atkorlarning xonadonlarida turib, jonli ijroda qo‘shiq kuylashlariga imkoniyat yaratildi. Xalq artistlari-yu xizmat ko‘rsatganlar, yosh xonandalar binoyidek konsert qo‘yishdi. Ko‘pchilikka manzur bo‘ldi bu tashabbus.
TV ijodkorlari ham, xonanda-yu sozandalar ham karantin qoidalariga amal qildi bu jarayonda.
Ammo keyingi kunlarda bo‘layotgan konsert dasturlarida raqqosalarni taklif etish, sahnani bezatish va yana turli-tuman ortiqcha odatlar ko‘zga tashlanmoqda. Bu yoqda, hatto, to‘ylarni 30 kishi bilan o‘tkazishgagina ruxsat berilgan bir paytda artistlarimizning ishi qanchalik to‘g‘ri?
Namuncha dabdaba-yu hashamga o‘chmiz-a?