Nega qushlar saf bo‘lib uchadi?
Qushlarning bu tarzda uchishi har doim odamlarni qiziqtirib kelgan.
Bu haqiqatan ham hayratlanarli, chunki tabiat qushlarga o‘z yo‘nalishida adashmasdan juda katta masofalarni bosib o‘tishga imkon beradigan ideal usulni in’om etgan.
Qushlar shu tarzda uchganda, pona shakli ularga butun suruv parvoz tezligini har bir qush alohida erisha oladigan tezlikka nisbatan kamida 71 foizga oshirishga imkon beradi. Har bir qush qanot qoqa turib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri orqasidagi qushning baland ko‘tarilishini ta’minlaydi.
Bunday uchish qushlar yukini sezilarli darajada kamaytiradi, shu sababli ular uzoq masofalarga ucha oladilar.
Suruv boshidagi yetakchi qush qanotlarining chayqalishi kuchli havo oqimlarini hosil qilib, orqada uchayotganlarga qo‘shimcha havo oqimini ta’minlaydi. Ikkinchi bo‘g‘in uchinchisi ishini osonlashtiradi va hokazo. Eng qari va eng zaif qushlar har doim safning oxirida uchadi - u yerda havoga qarshilik minimal darajada bo‘ladi. Orqada uchayotgan qushlar tom ma’noda oldinda uchayotgan qushlar yaratgan havo to‘lqinlarida “suzib” yuradi.
Ponalab uchayotgan qushlarning 80 km/soat tezlikka erisha olishi va butun parvoz davomida uni saqlab qolishi ham hayratlanarli.
Qoida tariqasida, har doim yoshini olgan, lekin hali kuchini yo‘qotmagan, tajribali va yo‘lni aniq biladigan qush suruv boshlig‘iga aylanadi. To‘dada bir nechta bunday qushlar bo‘lishi kerak va ularning barchasi suruv boshida uchadi. “Katta” charchagan zahoti u orqaga chekinadi, dam olish uchun ponaning oxiriga uchadi va yo‘lboshchi o‘rnini boshqasi egallaydi. Butun sayohat davomida ular shu tarzda almashinib uchishadi.
Qizig‘i, qushlardan eshitiladigan qichqiriqni faqat orqada uchayotgan qushlar chiqaradi. Ular shunday qilib oldinda uchayotgan qushlarni sekinlashmaslikka undab, qo‘llab-quvvatlaydi. Mabodo biror bir qush umumiy suruvdan tushib qolib, yolg‘iz uchishga harakat qilgudek bo‘lsa, u nihoyatda og‘ir yuk va qarshilikka duch keladi. Shunda u darhol suruvga qaytadi.