Netanyaxu Eronga tahdid qilmoqda. Peskov urush qachon tugashini aytdi. Tramp Xitoy bojlarini kamaytirmaydi. Hindiston va Pokiston urush arafasida

🔹 Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Peskovning aytishicha, agar Ukraina o‘z qo‘shinlarini bosib olgan to‘rtta hududdan olib chiqsa, urush tugaydi. Moskva o‘z maqsadiga xoh tinch yo‘l bilan bo‘lsin, xoh harbiy yo‘l bilan, ammo erishadi, dedi yana u Le Pointga bergan intervyusida.
🔹 Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eronga zarba berish bilan yana bir bor tahdid qildi. U AQSh bilan yadroviy dastur bo‘yicha muzokara olib borayotgan Eronning yadro quroliga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligini ma’lum qilgan.
🔹 Rossiya urushni tugatish bo‘yicha kelishuv tuzishga tayyor, biroq endi Ukraina bilan kelishish kerak. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp aytdi. "Hozir bu biroz qiyinroq, lekin hammasi joyida", dedi u Oval kabinetda jurnalistlar bilan suhbatda. 18 aprel kuni Tramp Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralar “hal qiluv nuqtaga” yetganini e’lon qildi va hech qanday taraqqiyot bo‘lmasa, Qo‘shma Shtatlar undan chiqib ketishidan ogohlantirdi. Bir kun oldin Trampning tinchlik rejasi Ukraina delegatsiyasiga topshirilgan edi. Bir varaqdan iborat hujjatda bu “yakuniy taklif” ekanligi aniq aytilgan.
🔹 Hindiston Pokiston bilan quruqlik chegarasini yopmoqchi. Gap yaqinda Kashmir shtatidagi ommaviy qotillikdan so‘ng avj olgan. Ushbu mojaroda terrorchilar sayyohlarga qarata o‘q uzgan, o‘nlab odamlarni halok bo‘lgan. Pokiston jinoyatga aloqadorligini qat’iyan rad etadi. Nyu-Dehli qo‘shni davlat vakili bo‘lgan diplomatlarning deyarli yarmini chiqarib yubormoqda, pokistonliklarning vizalarini bekor qilib, Hindistonni imkon qadar tezroq tark etishni buyurmoqda.
🔹 Rossiya Qozog‘istonning strategik hamkori bo‘lib qolmoqda va yaqinda qabul qilingan “Hududiy mudofaa to‘g‘risida”gi qonun faqat ichki xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan va Rossiyaga qarshi xarakterga ega emas. Ayrim OAVda tarqalgan yolg‘on va chalg‘ituvchi nashrlarga Qozog‘iston mudofaa vazirligi shunday izoh berdi. Vazirlik hududiy mudofaa brigadalarini joylashtirish faqat moddiy-texnik, geografik va demografik mezonlar asosida belgilanishi va hech qanday tashqi tahdidlarga aloqador emasligini ta’kidlaydi.
🔹 Qo‘shma Shtatlarda 12 shtatning demokrat bosh prokurorlari prezident Donald Trampning qator davlatlarga bojlarni oshirganligi qonuniyligiga e’tiroz bildirib, sudga murojaat qilgan. Shunga qaramasdan, Tramp Xitoydan mahsulotlarga bojxona to‘lovlarini bir tomonlama kamaytirish niyatida emas. Vashington tariflarni pasaytirish va savdo to‘siqlarini olib tashlashni Pekindan kutmoqda.
🔹 Turkiyaning Anqara shahridagi muxolifat odamlarni Erdo‘g‘onga qarshi namoyishga boshlagan.
🔹 Meksikada avtobusning halokatga uchrashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi jarohat olgan.
🔹 Rossiya kecha tunda Ukrainaga katta hujum uyushtirdi. Kiyev va mintaqada 45 ta dron qayd etilgan. Taxminan 10 kishi halok bo‘lgan, ko‘plab jarohatlanganlar bor.
🔹 Eron Afg‘oniston bilan sharqiy chegarasida shiddat bilan ulkan devor qurmoqda. Tolibon hukumat tepasiga kelganidan so‘ng Afg‘onistonda iqtisodiy vaziyat fonida Eronga borishga urinayotgan afg‘on muhojirlari soni keskin ko‘paygan. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Eronda allaqachon 3 milliondan ortiq afg‘on bor, ularning bir qismi qonuniy maqomsiz yashaydi.
🔹 Turkiyaning Marmara dengizida zilzilalar qayd etilishi davom etmoqda.
G.Xoldorova tayyorladi.