Noqonuniy kesilgan daraxtlar uchun hududlarda 50 gektardan yer ajratiladi
Moratoriy davrida noqonuniy kesilgan daraxt va butalar o‘rniga har bir hududda 50 gektardan kam bo‘lmagan yerda ko‘chat ekish uchun yer maydoni ajratiladi.
Bunda viloyatning Jomboy, Samarqand va Ishtixon tumanlarida moratoriy davrida noqonuniy kesilgan daraxt va butalar o‘rniga 50 gektardan kam bo‘lmagan yerlarda ko‘chat ekish maydonlari tashkil etilib, maydonlar Davlat ekologiya qo‘mitasi balansiga o‘tkaziladi.
Maydonlardagi ko‘chatlarni parvarishlash uchun xalqaro talablarga mos ravishda muqobil energiya manbalarida ishlaydigan, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish Davlat ekologiya qo‘mitasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Viloyat mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan Samarqand shahar hokimligi obodonlashtirish boshqarmasiga yirik daraxtlarni ko‘chirish va boshqa joyga o‘tkazish uchun 1 dona zamonaviy maxsus texnika bilan ta’minlanadi.