Noqulay ob-havo sabab Moskvadan kelayotgan samolyot Samarqandga qo‘nolmadi
Moskva–Samarqand yo‘nalishida uchayotgan samolyot noqulay ob-havo sababli Toshkentdagi muqobil aerodromga jo‘nab ketishga majbur bo‘ldi.
Rossiyadan kelgan samolyot Samarqandga qo‘nolmadi. Bu haqda «Uzbekistan Airways» xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti (ko‘rinishning pastligi) kuzatilgan. Shu sababli «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasining HY606 (Moskva – Samarqand) reysi ekipaji Toshkentdagi muqobil aerodromga jo‘nab ketishga qaror qildi.
Avvalroq Dubay va Jidda shaharlarida Farg‘onaga yo‘l olgan samolyotlar noqulay ob-havo sharoiti tufayli Namangan hamda Toshkent aerodromlariga qo‘ndirilgandi.