Nurmat Atabekov: Mavsumiy kasalliklar sabab o‘quv muassasalarida ta’lim jarayonini to‘xtatishga asos yo‘q
Hozirda aksariyat mamlakatlar qatori yurtimizda ham mavsumiy kasalliklar tarqalishi ko‘paygan. Ayniqsa, bolalarda bu jarayon biroz og‘ir kechmoqda.
❓Xo‘sh, O‘zbekistonda o‘tkir respirator kasalliklar tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat qanday?
🎙SSV Matbuot xizmati ushbu savol bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekovga murojaat qildi:
— Gap shundaki, biz o‘tkir respirator infeksiyalar tarqalishi zanjirini uzishga harakat qilishimiz kerak, — deydi mutaxassis. — Kasallik tarqalishida uch muhim bo‘g‘in bor: kasallik manbai, yuqish yo‘li, yuqtirishga moyil organizm.
🦠 Agar kasallangan bolalarni maktabga, bog‘chaga, jamoat joylariga yuboraversak, ular boshqalarga infeksiya yuqtirishda davom etadi.
👨👩👦👦 Har birimiz o‘tkir respirator kasalliklar, xususan, grippni yuqtirishga moyilmiz.
⚠️ Shuning uchun ham ota-onalarga kasallik belgilari bo‘lgan farzandlarini bog‘cha va maktablarga, oliy ta’lim muassasalariga yubormaslikni maslahat beramiz. Bunday paytda shifokor ko‘rsatmasiga asosan, uy sharoitida zarur muolajalarni olib borish
maqsadga muvofiq.
🏥 Bundan tashqari, yurtimizdagi barcha yuqumli kasalliklar shifoxonalarida bemorlar uchun o‘rin-joy va zarur dori-darmonlar zaxirasi yaratilgan.
❗️Aholi orasida gripp mav
sumi haqida "bu — yangi pandemiya" degan mish-mishlar uchramoqda. Bu gaplar mutlaqo asossiz. Aytish kerakki, bu hatto epidemiya ham emas.
🔰 O‘tkir respirator kasalliklar tarqalishi poytaxtimizda va yurtimizning ayrim hududlarida ko‘proq qayd etilayotgani kasallik tarqalishi epidemik bo‘sag‘aga yetganiga asos bo‘la olmaydi.
❌ Shu sababdan ham o‘quv muassasalarida ta’lim jarayonini to‘xtatishga yetarli asos ko‘rmayapmiz.
✅ Hozirgi vaziyatda bizning vazifamiz: bemorlarni alohidalash, ularni jamoat joylaridan uzoqda tutish!
🚫 Bemorlar muloqot chog‘ida doim tibbiy niqobda bo‘lishlari, ijtimoiy masofa saqlashlari, shaxsiy gigiyenaga qat’iy amal qilishlari shart.
💉 Shuningdek, kasallikka qarshi emlanish unga qarshi kurashishning samarali usuli ekanini unutmaslik kerak! Mavsum oldidan yurtimizda grippga qarshi vaksinalarning yetarli miqdori shakllantirilgan. Ayni paytda xususiy emlash punktlarida ham 3 xil grippga qarshi vaksina mavjud.