Nurobodda ikki mahallani bog‘lovchi ko‘prik barpo etildi
- 05.03.2020 17:50
- 291
- Samarqand
Nurobod tumanining Sazag‘on va Saroy mahallalarini bog‘lovchi yangi ko‘prik barpo etildi.
Uzoq yillardan buyon mahallalar o‘rtasidagi katta soydan o‘tish uchun ko‘prikning yo‘qligi o‘quvchilarining maktabga, fuqarolarning esa tuman markaziga qatnashi, avtomobillarning harakatlanishi uchun ko‘plab qiyinchiliklarni keltirib chiqarardi.
Ushbu ko‘prik tuman hokimligi hamda mahalla faollari tashabbusi bilan qurilib, ushbu bunyodkorlik ishlariga 370 million so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi.
Ko‘prikning uzunligi 17 metrni tashkil etib, inshoot qurilishida avtomobillar va piyodalarning erkin harakatlanishi alohida e’tiborga olindi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa