Nurobodda tez tibbiy yordam mashinasida chaqaloq dunyoga keldi

5 oktyabr kuni Nurobod tuman tez tibbiy yordam stansiyasi "Oqsoy" shoxobchasiga chaqiriq kelib tushdi. Shoshilinch holatda yo‘lga chiqqan tibbiy brigada chaqiriq joyida homilador bemorga yordam ko‘rsatar ekan, tug‘ruq jarayoni boshlanganini aniqlashdi.
Brigada tarkibida: vrach Ergashev Ilxom, feldsher Rahimova Zulfira, haydovchi Sattarov Sattorlar o‘z vaqtidagi va yuksak darajadagi harakati tufayli chaqaloq tez tibbiy yordam avtomashinasida sog‘-salomat dunyoga keldi!
Avvalombor tug‘ruq muvaffaqiyatli va xavfsiz o‘tkazildi. Keyin esa ona va chaqaloq tuman markazidagi tug‘ruq bo‘limiga yetkazildi. Hozirda ona va bola sog‘-salomat, ahvollari yaxshi, shifokorlar nazoratida.