Ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan “Qizni olib qochmoqchi bo‘lgan yigit” ishi sudga yuborildi

Joriy yil 1 oktyabr kuni soat 16:00 larda Samarqand shahar hududida 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro M.I. (erkak) o‘ziga tanish bo‘lgan fuqaro M.A. (ayol) bilan sayr qilib yurgan vaqtida ular o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqan.

Fuqaro M.I. mazkur kelishmovchilikni hal qilish maqsadida M.A. ga avtomashinaga o‘tirishni taklif qilgan, biroq fuqaro M.A. rozi bo‘lmagach, uni majburan avtomashinaga o‘tqazishga uringan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruvlar davomida fuqaro M.A. mazkur holat bo‘yicha fuqaro M.I. ga nisbatan da’vosi yo‘qligini ma’lum qilgan.

Holat yuzasidan fuqaro M.I. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) asosida hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha shahar sudiga yuborildi.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati